Galatasaray Napoli yarim himoyachisi Noa Langga ko'z tikdi

Galatasaray Napoli yarim himoyachisi Noa Langga ko'z tikdi

Niderlandiyalik yarim himoyachi Noa Lang A Seriyadan Turkiya Superligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Il Mattino xabariga ko'ra, futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida bo'lgan klub — Istanbulning Galatasaray jamoasi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Napoli bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchini qo'yib yuborishga shart qo'ydi: Lang ketadigan bo'lsa, uning o'rnini bosadigan munosib o'yinchi jamoaga olib kelinishi kerak. Eslatib o'tamiz, Lang Napoli safiga o'tgan yozda qo'shilgan edi.

Napoli amaldagi Italiya chempioni hisoblanadi. Biroq hozirda jamoa A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar