Milan Barselona ko'zlagan himoyachini qo'lga kiritmoqda

"Santos"ning chap qanot himoyachisi Joao Souza faoliyatini "Milan"da davom ettirishga juda yaqin. 19 yoshli futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirgandi, biroq braziliyalik iqtidor egasi, ko'rinishidan, Italiyaga yo'l oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diario AS xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"ning bu transfer bo'yicha imkoniyatlari keskin pasaygan — "Milan" shartnoma tafsilotlari yuzasidan to'liq kelishuvga yaqin turibdi.
Transfermarkt mutaxassislari Souzaning narxini 5 mln yevroga baholamoqda. Yosh himoyachi "Santos"ning asosiy jamoasi safida barcha turnirlarda 38 o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing