APLda bir kunda uchta golsiz durang qayd etildi

APLda bir kunda uchta golsiz durang qayd etildi

1-yanvar kuni Angliya Premyer-ligasining 19-turi doirasida to'rtta uchrashuv o'tkazildi va ularning uchtasi 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

OptaJoe ma'lumotiga ko'ra, APL tarixida bir kunning o'zida to'rtta o'yin bo'lib, shundan uchtasi golsiz durang bilan tugashi bor-yo'g'i ikkinchi marta ro'y berdi. Bunday holat avval 2010-yil 11-aprelda kuzatilgan, o'shanda faqatgina «Manchester Siti» — «Birmingem» bahsi sermahsul bo'lib, 5:1 hisobida yakunlangan.

Bugun Premyer-ligada o'yinlar rejalashtirilmagan. Navbatdagi uchrashuvlar 3-yanvar kuni bo'lib o'tadi. Hozirda 19 turdan so'ng 45 ochko jamg'argan londonlik «Arsenal» chempionat jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar