
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jeymi Karraher Chempionlar ligasining joriy mavsumi yuzasidan o‘z taxminini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis turnirda yaqqol bitta favorit yo‘qligini, chempionlik uchun bir nechta jamoa deyarli teng imkoniyatga ega ekanini ta’kidladi. Shunga qaramay, Karraher o‘z tanlovini ham aytdi.
«Men “Bavariya”ga ishonaman. Ular turnirning eng ko‘p gol urayotgan jamoalari qatorida, Garri Keyn esa Yevropadagi eng kuchli hujumchilardan biri darajasida o‘ynamoqda», — deya Karraherning so‘zlarini The Telegraph keltirdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining olti turidan so‘ng Myunxen klubi turnir jadvalida “Arsenal”dan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Nemislar 15 ochko jamg‘argan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.