
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubida to‘p surayotgan qanot himoyachisi Joau Kanseluning keyingi manzili borasida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi yanvar oyida Yevropaga qaytishni istamoqda. 31 yoshli himoyachiga eng jiddiy da’vogarlar sifatida Milanning «Inter»i va «Barselona» tilga olinmoqda. Jurnalist Paskuale Guarroning xabar berishicha, Kanselu kataloniyaliklar safiga o‘tishni afzal ko‘radi, biroq «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy e’tibori hozircha markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaratilgan.
«Inter» esa laterlni qo‘lga kiritishga ancha qat’iy qiziqish bildirmoqda, ammo Kanselu milanliklarga tezda rozilik berishga shoshilmayapti. Italiya grandi futbolchini ko‘ndirishda davom etmoqda — u esa «Barsa»dan taklif kutyapti. Transfer hali amalga oshishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.