23:47 / 16.02.2017
4 185

Menga tog‘ chang‘isi kerakmas, Uzbek Tigers 18 fevral kuni Qozog‘istonga boradi, shuni ko‘rsatinglar!

Menga tog‘ chang‘isi kerakmas, Uzbek Tigers 18 fevral kuni Qozog‘istonga boradi, shuni ko‘rsatinglar!

Ochig‘i, “Sport” telekanalimizda oxirgi paytlarda bir-biridan “qiziq” sport musobaqalarini tomosha qilyapmiz. Voleybol bo‘yicha ikki Afrika va Evropa mamlakatlari uchrashuvi deysizmi, Milliy basketbol assosiasiyasi o‘yinlari deysizmi, hammasidan ham qor chang‘isi va shunga o‘xshash biz umuman ishtirok etmaydigan, shug‘ullanmaydigan qish sporti turlari deysizmi, xullas televizorni yoqasiz-u, “mazza” qilasiz!

Lekin, Xitoyda yaqinda bo‘lib o‘tgan China Dragons jamoasiga qarshi Uzbek Tigers bokschilarimizning chiqishlari namoyish etilmadi. Millionlab boks ishqibozlarimiz bokschilarimizni Xitoy ringida qatnashuvlarini ko‘ra olishmadi. Sabab?

Endi, kelaylik ishning biznes tomoniga: balki bu kanalning Xitoydan boks musobaqasi translyasiya huquqini sotib olishga kuchi etmas, lekin bu kerak bo‘lsa kredit bilan ham olish shart bo‘lgan tomosha-ku, har qanday reklama beruvchi o‘z mahsulotini Uzbek Tigers jangida muxlislarga yaxshiroq tanitsa bo‘lishiga ishonadi.

18 feral kuni Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida Uzbek Tigers Astana Arlans bokschilariga qarshi ringga chiqadi. Qozog‘istonda “Xabar” telekanali bu uchrashuvlarni yoritishi bildirildi. Shular bilan bog‘lanib ko‘rsa, balki O‘zbekistonda o‘yinni ularga bepul berish bilan “barter” amalga oshar?! Reklamadan keladigani yonga qoladi...

Manba: Vodiymedia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Menga tog‘ chang‘isi kerakmas, Uzbek Tigers 18 fevral kuni Qozog‘istonga boradi, shuni ko‘rsatinglar!