Chelsi yangi bosh murabbiyni yaqin kunlarda e'lon qiladi

Londonning «Chelsi» klubi yaqin orada yangi bosh murabbiyni tayinlashini rasman ma'lum qiladi. Jamoani Enso Mareska ketganidan so'ng, klub rahbariyati uning o'rnini bosish uchun hozirda Fransiyaning «Strasburg» klubida ishlayotgan ingliz mutaxassisi Liam Rosenyor nomzodini asosiy variant sifatida tanlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, kutilmagan holatlar bo'lmasa, Rosenyorning tayinlanishi yaqin kunlarda tasdiqlanadi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralarda tezkor ijobiy siljish kuzatilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Enso Mareskaning iste'fosi 1 yanvar kuni ma'lum bo'lgan. Italiyalik mutaxassis «Chelsi»ni 2024 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. Liam Rosenyor esa o'sha davrdan beri «Strasburg»da faoliyat yuritmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!