Hojiyakbar Alijonov Eron klubidan yirik shartnoma oldi

O‘zbekiston milliy jamoasining asosiy himoyachilaridan biri Hojiyakbar Alijonov “Paxtakor”ni tark etishga yaqin. Toshkent klubi chap qanot himoyachisi faoliyatini Eronning “Persepolis” jamoasida davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, futbolchi yangi klubi bilan 1,5 yillik kelishuvga erishgan. Avvalroq transfer qiymati 800 mingdan 1 million dollargacha bo‘lishi mumkinligi, eronliklar “Paxtakor”ga aynan shu oraliqda to‘lov qilishni rejalashtirmoqda.
Alijonovning shaxsiy shartnomasi ham ancha yaxshilangan: uning maoshi bir necha barobarga oshadi. 28 yoshli himoyachi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub safida jami 229 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing