Alonso Vinisiusning kayfiyati a'lo ekanini aytdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning chap qanot hujumchisi Vinisius Juniorning hozirgi ruhiy holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Men uni quvonchli va doimiy tabassum bilan ko'ryapman. Barchamiz uchun kichik “qayta yuklanish” foydali bo'ldi», — deya Alonso so'zlarini Marca keltiradi.
Joriy mavsumda braziliyalik vinger barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Real» ertaga, 4 dekabr kuni, o'z uy stadionida «Betis»ni qabul qiladi. O'yin 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing