date

Enrike PSJda uch darvozabon ham yuqori saviyada dedi

Enrike PSJda uch darvozabon ham yuqori saviyada dedi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa darvozabonlari orasidagi raqobat haqida fikr bildirib, tarkibda bir vaqtning o'zida uch nafar kuchli posbon borligini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Lyuka Shevale, Matvey Safonov va Renato Marin har bir mashg'ulot hamda o'yinda jamoa manfaatlari uchun 100 foiz kuchini berayotgani bilan uni xursand qilmoqda. Enrike ularning qiyin vaziyatlarda ham xarakter ko'rsata olishini alohida qayd etdi.

Joriy mavsumda darvoza ko'proq Shevalega ishonib topshirildi: u barcha musobaqalarda 20 uchrashuvda maydonga tushib, 22 gol o'tkazib yubordi. Rossiyalik darvozabon Safonov 4 o'yinda qatnashib, 3 gol o'tkazdi. Marin esa 1 uchrashuvda maydonga tushib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Enrike PSJda uch darvozabon ham yuqori saviyada dedi