
Aralash qoidalar bo‘yicha ikki vazn toifasida yagona jahon chempioni Konor Makgregor hamda yengilmas bokschi sifatida faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang o‘tkaziladigan ko‘rinadi, deb yozadi Olamsport.com.
Irlaniyaning The Irish Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, UFC jangchisi hamda amerikalik bokschi shartnoma imzolash arafasida. Makgregor Irlandiya poytaxti Dublin shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarni bekor qilib, Las-Vegasga muzokaralar uchun yo‘l olgan.
“Las-Vegasda juda ham ishlarim ko‘p. Birinchi navbatda bokschilik lisenziyamni qabul qilib olishim kerak. Keyin esa Floydni topib, u bilan barcha masalaga nuqta qo‘yishim lozim”, – dedi Makgregor.
Ma’lumotlarga qaraganda, yaqin ikki hafta ichida Floyd va Konor jang yuzasidan shartnomaga imzo chekishadi. Bo‘lajak jang boks qoidalari asosida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar