Kevin Kampl akasining vafoti ortidan RB Leyptsigdan ketdi

Yarim himoyachi Kevin Kampl «RB Leyptsig» bilan hamkorlikni yakunladi. Nemis klubi saytida sloveniyalik futbolchi bilan shartnoma bekor qilingani haqida xabar berildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
35 yoshli Kampl katta akasi vafot etganidan so‘ng futbol faoliyatida tanaffus olishga qaror qildi.
«Men Leyptsigda juda baxtli edim va erishgan yutuqlarimizdan nihoyatda faxrlanaman. Qachondir maydonga yana qaytishim ehtimolini butunlay inkor etmayman, garchi hozir bu mutlaqo haqiqatga o‘xshamasa ham», — dedi futbolchi klub matbuot xizmati orqali.
Kampl 2017 yildan beri «RB Leyptsig» safida to‘p surdi. Sakkiz yarim yil davomida u 283 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 23 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing