date

Tukmanov FIFA Venesueladagi voqealarga ko‘z yumadi deydi

Tukmanov FIFA Venesueladagi voqealarga ko‘z yumadi deydi

Rossiya futbol ittifoqining sobiq vitse-prezidenti Aleksandr Tukmanov Venesuelada yuz bergan siyosiy voqealar yuzasidan fikr bildirdi. Uning aytishicha, AQSH harbiylari o‘tkazgan operatsiyadan so‘ng mamlakat prezidenti Nikolas Maduro hokimiyatdan ayrilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tukmanovning ta’kidlashicha, bu holat AQSHning mundial mezbonligi masalasiga ta’sir qilmasligi mumkin. «FIFA shu sababli AQSHdan jahon chempionatini o‘tkazish huquqini olib qo‘yadimi? Menimcha, yo‘q. Ehtimol, FIFA bu voqealarga ko‘z yumadi, chunki turnir tashkilotiga juda katta mablag‘ tikilgan», — deya uning so‘zlarini “Match TV” keltiradi.

48 ta terma jamoa ishtirok etadigan 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha Kanada, Meksika va AQSH hududlarida bo‘lib o‘tadi. Turnirga so‘nggi yo‘llanmalar mart oyida o‘ynaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tukmanov FIFA Venesueladagi voqealarga ko‘z yumadi deydi