Paladdino Atalanta Romani qanday sifatlar evaziga yengganini aytdi

Italiya A seriyasining 18-turida «Atalanta» «Roma» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng bosh murabbiy Raffaele Paladdino o‘yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bergamoliklar o‘z maydonida 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona gol 12-daqiqada Jorjio Skalvini tomonidan urildi.
«Biz haqiqiy “Atalanta” futbolini ko‘rsatdik — yuqori intensivlik va jasorat bilan. Men aynan shuni talab qilganman, shunga tayyorlangandik va yigitlarim bilan faxrlanaman», — dedi Paladdino Sky Sport Italia’ga bergan intervyusida.
Mutaxassis bu oqshomni “sehrli” deb atadi va yil boshini bundan ham yaxshiroq tasavvur qila olmasligini qo‘shimcha qildi.
Ushbu g‘alaba tufayli «Atalanta» turnir jadvalida sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing