Mostovoy Real va Betis o'yinining aniq hisobini aytdi

Ispaniya chempionati doirasida Madridning «Real» jamoasi o'z maydonida Sevilyaning «Betis» klubini qabul qiladi. Uchrashuv oldidan futbol eksperti Aleksandr Mostovoy bu qarama-qarshilik yuzasidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mostovoyning ta'kidlashicha, o'yin keskin va kurashlarga boy o'tadi, biroq baribir «Real» favorit bo'lib qolmoqda. Ekspert bu bahsda madridliklar minimal hisobda g'alaba qozonishi yoki durang qayd etilishi mumkinligini aytib, yakuniy taxmin sifatida 2:1 hisobini ilgari surdi.
«Real» — «Betis» uchrashuvi bugun, 4-yanvar kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi. Boshlanish hushtagi 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
O'yin arafasida «qirollik klubi» La Ligada ikkinchi o'rinni egallab turibdi, mehmonlar esa turnir jadvalida oltinchi pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!