date

Yuventus ketma-ket besh o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi

Yuventus ketma-ket besh o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi

Turinlik «Yuventus» ochkolar jamg‘arishda davom etib, mag‘lubiyatsiz seriyasini ketma-ket besh uchrashuvga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Seriyaning 18-turida jamoa «Lechche» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bungacha «byankoneri» ketma-ket to‘rtta g‘alabani qo‘lga kiritib, «Piza» (2:0), «Roma» (2:1), «Bolonya» (1:0) hamda «Pafos»ni (2:0) mag‘lub etgandi.

Yangi bosh murabbiy qo‘l ostida «Yuventus» jami 13 o‘yin o‘tkazdi. Shu davrda turinliklar faqat bir bor — safarda «Napoli»ga qarshi bahsda yutqazdi, to‘rt uchrashuvni durang bilan yakunladi va sakkiz marta zafar quchdi.

«Yuventus»ning navbatdagi uchrashuvi 6-yanvar kuni «Sassuolo»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus ketma-ket besh o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi