date

«Nasaf» yangi mavsumga tayyorgarlik boshladi: Qarshi va Turkiyada yig‘inlar

«Nasaf» yangi mavsumga tayyorgarlik boshladi: Qarshi va Turkiyada yig‘inlar

«Nasaf» futbol klubi yangi mavsumga rasmiy tayyorgarlikni boshladi. 2 yanvar kuni jamoa tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va shu kunidan boshlab Qarshidagi bazasida mashg‘ulotlarga kirishgan. Mavsumoldi tayyorgarlikning birinchi bosqichi 11 yanvarga qadar Qarshi shahrida davom etadi.

Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Turkiyada tashkil etiladi. «Nasaf» 14 yanvardan 30 yanvargacha Antaliyada yig‘in o‘tkazadi. Ushbu yig‘in doirasida jamoa Serbiya, Germaniya, Rossiya va Polsha klublariga qarshi jami yettita nazorat uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan.

Mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoa yaxshi natijalarga erishishni maqsad qilmoqda va bu o‘yinlar klubning yangi mavsumdagi maqsadlariga qanchalik yaqin ekanini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» yangi mavsumga tayyorgarlik boshladi: Qarshi va Turkiyada yig‘inlar