Matvey Safonov PSJ va Parij derbisini tribunadan kuzatdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Liga 1 doirasida «Parij»ga qarshi uy uchrashuvini stadiondan tomosha qildi. 4-yanvar, yakshanba kuni bolib o‘tgan bahsda Luis Enrike jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Safonov hozir qo‘l jarohati sabab jamoaga yordam bera olmayapti va shifoxonada. Shu bois rossiyalik posbon taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsumda fransuz chempionatida Safonov ikki o‘yinda qatnashib, ikki bor gol o‘tkazib yuborgan.
26 yoshli futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing