Bavariya Musialaning yanvarda maydonga qaytishini kutmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Fro'ynd yarim himoyachi Jamal Musialaning tiklanish jarayoni haqida gapirdi. Uning aytishicha, futbolchi og'ir jarohatdan so'ng jismoniy holatini tiklab, jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fro'yndning so'zlariga ko'ra, Musiala endi asta-sekin o'yin amaliyotini ham ola boshlaydi. Klub vakili yanvar oyida futbolchining maydonga qaytishi «juda real» ekanini ta'kidladi: Musialaga faqat o'yin ritmini va formani qayta yig'ib olish kerak. Shuningdek, u futbolchining jamoa bilan kundalik ishlarga, kiyinish xonasidagi muhitga qaytish uchun katta ishtiyoq bilan mehnat qilayotganini va kayfiyati ijobiy ekanini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, 2025 yil iyul oyida Musiala klublar o'rtasidagi jahon chempionati uchrashuvida o'sha paytda «PSJ» darvozaboni bo'lgan Janluiji Donnarumma bilan to'qnashuvdan so'ng kichik boldir suyagi sinishi va to'piq chiqishi jarohatini olgandi. Yarim himoyachi operatsiya qilingan va o'shandan beri rasmiy o'yinlarda maydonga tushmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!