date

Napoli Dovbikni faqat bitta shart bilan oladi

Napoli Dovbikni faqat bitta shart bilan oladi

Rimning «Roma» klubida to‘p surayotgan ukrainalik markaziy hujumchi Artem Dovbik faoliyatini A Seriyaning boshqa jamoasida — «Napoli»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, neapolliklar Rimda unga uncha ishonch bildirilmayotgan futbolchini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq bu kelishuv «Napoli» Lorenso Lukkani jamoani tark etgandagina amalga oshadi — hujumchiga Lissabonning «Benfika»si qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Dovbik «bo‘rilar» safida 16 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Futbolchining «Roma» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan, transfer narxi esa 20 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli Dovbikni faqat bitta shart bilan oladi