Felish Ronalduning mehnati va fidoyiligini ibrat deb atadi

«Al-Nasr» futbolchisi Joau Felish jamoaning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Felishning ta’kidlashicha, Ronaldu deyarli barcha futbolchilar uchun, ayniqsa mehnat va o‘zini ayamaydigan darajadagi fidoyilik borasida haqiqiy namuna. Uning 40 yoshida ham yuqori tempda o‘ynayotgani esa jamoaga qo‘shimcha motivatsiya berayotganini aytdi.
Portugaliyalik hujumchi 2023 yil yozida Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan. Ronaldu «Al-Nasr» safida jami 121 o‘yinda maydonga tushib, 107 gol urdi va 22 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Mahalliy chempionatning 12 turidan so‘ng Ronaldu jamoasi ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Al-Nasr» yetakchi «Al-Hilol»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing