Kanchelskis Manchester Yunaytedga Zidanni bosh murabbiylikka tavsiya qildi

Manchester Yunaytedning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis klub rahbariyatiga bosh murabbiylikka Zinedin Zidanni olib kelish gʻoyasini ilgari surdi. Uning fikricha, Zidanning tayinlanishi Ruben Amorim o‘rniga yangi bosqich boshlashi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kanchelskisning aytishicha, yaqin davrda jamoaga ehtimol vaqtinchalik murabbiy keladi, asosiy nomzod bo‘yicha esa mavsum yakunida yakuniy qaror chiqariladi. Bu haqda u “Match TV”ga bergan izohida ta’kidlagan.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianlar murabbiylik ro‘yxatida “Kristal Pelas”dan Oliver Glasner, “Nyukasl”dan Eddi Xau, shuningdek, Ule Gunnar Sulsher va Maykl Karrik ham bor.
Yangi murabbiy tayinlanguniga qadar jamoada boshqaruv vaqtincha Darren Fletcher zimmasida bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!