Xorvatiya Gvardiolning jarohatdan qaytish muddatini aytdi

"Manchester Siti" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol og'ir jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. 23 yoshli futbolchi APLdagi "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, majburan almashtirilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Keyingi tibbiy tekshiruvlar Gvardiolning boldir suyagi singani va unga jarrohlik amaliyoti kerakligini ko'rsatdi.
Xorvatiya terma jamoasi tibbiyot bo'limi rahbari Tomislav Vlahovichning aytishicha, futbolchi JCh-2026ga qadar tiklanib ulgurishi mumkin. Mutaxassis besh oy atrofida suyak bitishi ehtimoli borligini, biroq gap faqat bitishda emas, balki maydonga qaytib, to'liq futbol o'ynashga tayyor bo'lishda ekanini ta'kidladi.
Vlahovich shuningdek, "Manchester Siti"da Gvardiol bilan eng kuchli shifokorlar va fizioterapevtlar ishlashini, klub ham, terma jamoa ham himoyachining imkon qadar tezroq safga qaytishi uchun hammasini qilishini bildirdi.
JCh-2026 guruh bosqichida Xorvatiya terma jamoasi Angliya, Panama va Gana bilan bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!