Ambrozini Milan rahbariyatidan Loftus-Chikni sotmaslikni so'radi

Ambrozini Milan rahbariyatidan Loftus-Chikni sotmaslikni so'radi

"Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Massimo Ambrozini klub rahbariyatiga murojaat qilib, ingliz futbolchisi Ruben Loftus-Chik bilan xayrlashmaslik kerakligini ta'kidladi. Uning fikricha, bu futbolchi jamoaga juda katta foyda keltira oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ambrozini Loftus-Chikning jismoniy imkoniyatlari va jarima maydoniga tez-tez yorib kirib borishi "Milan"ga qo'shimcha gollar olib kelishini aytdi. "Bunday futbolchini men hech qachon sotmagan bo'lardim", — deya uning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, hozir "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Klub oxirgi bor 2022 yilda chempionlikni qo'lga kiritgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar