Andrey Shevchenko Monakoda xayriya o'yinida maydonga tushadi

Ukraina futboli afsonasi, hozirda UAF rahbari bo'lib ishlayotgan Andrey Shevchenko Monte-Karlodagi Xalqaro sirk festivali doirasida o'tadigan xayriya uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Oltin to'p" sovrindori "Tsirk Monako" jamoasi safida to'p suradi va maydonga jamoa sardori sifatida yetaklab chiqadi.
O'rtoqlik o'yini "Monako"ning uy stadioni — "Lui II" arenasida 24-yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Shevchenko futbolchilik faoliyati davomida Kiyevning "Dinamo"si, "Milan", Londonning "Chelsi" klublari hamda Ukraina milliy terma jamoasida o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing