Kavazashvili Safonov kuchli lekin uni yana o‘qitish kerak

SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Anzor Kavazashvili zamonaviy futbolchilarni, ayniqsa darvozabonlarni tayyorlashdagi yo‘nalishlar haqida fikr bildirdi va bugun bu pozitsiya vakillaridan talab qilinayotgan ayrim jihatlarni keskin tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Veteran mutaxassis bu masala faqat Matvey Safonov bilan bog‘liq emasligini, hozir Yevropa va dunyo futbolidagi ko‘plab darvozabonlar ham shu muammoga duch kelayotganini ta’kidladi.
“Matvey kuchli darvozabon, ammo uni hali yana o‘ynashga o‘rgatish kerak. Bu faqat Safonovning muammosi emas — dunyodagi deyarli barcha darvozabonlarda shunday. Hozir ularni jarima maydonida ortga-paslar bilan o‘ynashga ko‘niktirishdi: himoyachilar darvozabon orqali to‘pni aylantirib, o‘z jamoasining o‘ziga xavf tug‘diryapti. Bu dahshat”, — deya Kavazashvilining so‘zlarini “Sovetskiy sport” keltirdi.
Joriy mavsumda rossiyalik posbon fransuz grandi safida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi. Hozir esa Matvey qo‘lidan olgan jarohatini davolash jarayonida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!