APLning uch klubi Real darvozaboni Luninni kuzatmoqda

Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin Angliya Premyer-ligasining bir nechta jamoalari e’tibor markazida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, ukrainalik posbonni “Tottenhem”, “Brayton” va “Nyukasl” tarkibiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq bu transfer oson kechmaydi: Luninning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. “Qirollik klubi” futbolchisi uchun qancha mablag‘ so‘rashi hozircha noma’lum.
Lunin 2018 yildan buyon “Real” safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u atigi ikki o‘yinda maydonga tushib, ushbu uchrashuvlarda 5 ta gol o‘tkazib yubordi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Andrey Luninning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing