date

Inigo Martines Barsadagi mavsumini karyerasidagi eng yaxshisi dedi

Inigo Martines Barsadagi mavsumini karyerasidagi eng yaxshisi dedi

«Al-Nasr» markaziy himoyachisi Inigo Martines o‘tgan mavsumni butun faoliyatidagi eng yorqin davr deb atadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tajribali ispaniyalik 2024/25-yilgi kampaniyada Xans-Diter Flik jamoasida muhim figura bo‘lib, «Barselona»ning o‘yin tizimida asosiy tayanchlardan biriga aylandi. «Ko‘k-anorranglilar» ichki musobaqalarda barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi, Chempionlar ligasida esa yarim finalgacha yetib bordi. Yozda Martines Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi.

«O‘tgan mavsum professional karyeramdagi eng yaxshisi bo‘ldi. Uni to‘liq his qildim, zavq oldim, sovrinlar yutdim va “Barsa”da boshdan kechirishni xohlagan barcha tuyg‘ularni yashadim», — futbolchining so‘zlarini ispan OAV keltirmoqda.

Inigo Martines Kataloniya grandida ikki yil davomida to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inigo Martines Barsadagi mavsumini karyerasidagi eng yaxshisi dedi