De Rossi Lealining ajoyib o'yinidan xursand ekanini aytdi

“Milan” – “Jenoa” uchrashuvida mezbonlar darvozasiga yo‘llangan ko‘plab zarbalarni qaytargan Nikola Leali “grifonlar”ning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Darvozabon klub rahbariyati unga o‘rinbosar izlayotgani haqidagi gap-so‘zlar fonida ham jamoasini qutqarib qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Jenoa” bosh murabbiyi Daniele de Rossi Lealining xarakteri va jasoratini alohida ta’kidladi. Mutaxassisning aytishicha, o‘yindan ikki kun oldin u darvozabon bilan ochiq gaplashib, boshqa posbon variantlarini ko‘rib chiqishayotganini bildirgan. Leali esa undan rostini aytishni so‘ragan, va de Rossi hozir uning bosim ostidagi chiqishidan faxrlanayotganini ma’lum qildi.
A Seriyaning keyingi turida “Jenoa” “Kalyari”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv dushanba kuni, 12-yanvar sanasida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!