Rabio Milan ko'proq natijaga erishishi mumkinligini aytdi

A Seriyada 19-tur doirasidagi so'nggi uchrashuvlar yakunlandi. Milan Jenoaga qarshi o'yinda bahsning dramatik yakunida hisobni zo'rg'a tenglashtirib oldi. Uchrashuvdan keyin jamoa yarim himoyachisi Adrien Rabio natijani sharhladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rabioning ta'kidlashicha, Milan ayniqsa birinchi bo'limda bundan ko'prog'ini qilishga qodir edi. Uning fikricha, bunday tarkib bilan jamoa yanada katta natijalarni ko'rsatishi shart. Shu bilan birga, u Inter va Napolidagi futbolchilarni kuchliroq deb hisoblashini yashirmadi, biroq Milanda ham o'z imkoniyati, motivatsiyasi va ishlash uslubi borligini qo'shimcha qildi. Rabio yakunda masala kim o'zining eng kuchli jihatlarini yaxshiroq ishga solishida ekanini qayd etdi.
Durangdan so'ng Milan Interdan uch ochkoga ortda qoldi. Keyingi turda Massimiliano Allegri shogirdlari Fiorentina bilan maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!