date

Manchester Siti Gehi uchun Arsenal va Liverpuldan o'zib ketishi mumkin

Manchester Siti Gehi uchun Arsenal va Liverpuldan o'zib ketishi mumkin

Angliya Premyer-ligasi klublari tarkibni kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Joriy yilning asosiy transfer mavzularidan biri “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gehi bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Devid Ornshteynning ma'lum qilishicha, “Arsenal” Gehiga anchadan beri qiziqadi, biroq uni faqat kelasi yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritish variantini ko'rib chiqmoqda. “Liverpul” ham shoshilmasdan, yozgacha kutib, keyin yana Markni transfer qilishga urinmoqchi.

“Manchester Siti” esa himoya chizig'idagi kadrlar muammolari fonida 25 yoshli futbolchini qishki transfer oynasidayoq olib kelishga harakat qilishi mumkin.

Transfermarkt portali Mark Gehining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti Gehi uchun Arsenal va Liverpuldan o'zib ketishi mumkin