Abaev Safonovning PSJdagi raqobati haqida fikr bildirdi

Sobiq darvozabon Ilya Abaev PSJ safida to‘p surayotgan hamkasblari atrofidagi raqobat va ularning muvaffaqiyatli o‘yinlari borasida o‘z qarashlarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dekabr oyida Matvey Safonov Qit’alararo kubok finalida penaltilar seriyasida 4 ta zarbani qaytargan edi. 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Fransiya Superkubogi uchrashuvida esa uning fransuz raqibi Lyuka Shevale penaltilar seriyasida 2 ta zarbani bartaraf etdi.
“Menimcha, penaltini qaytarish asosiy darvozabon masalasini hal qiladigan eng muhim omil emas. Hal qiluvchi ko‘rsatkich — uzoq vaqt davomida barqaror o‘ynash”, — deya Abaevning so‘zlarini “Sovetskiy sport” keltiradi.
Hozirda mavsumda atigi 4 o‘yinda maydonga tushgan Safonov qo‘lidan olgan jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!