date

Vinisius Realni tark etsa, faqat Yevropada qolishni istaydi

Vinisius Realni tark etsa, faqat Yevropada qolishni istaydi

Vinisius Juniarning kelajagi hamon noaniq. Braziliyalik futbolchi «Real» bilan shartnomani uzaytirib, klubda qolishni xohlaydi, biroq muzokaralar uzoq vaqtdan beri boshi berk ko‘chada turibdi. Shu sabab yozgi transfer ehtimoli ham istisno qilinmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

ESPN manbalariga ko‘ra, avvalroq bir nechta arab klublari Vinisiusning vaziyatiga qiziqish bildirgan, ammo so‘nggi oylar davomida aniq takliflar ko‘rinmagan. Ta’kidlanishicha, 25 yoshli vinger hozircha faoliyatini Yevropada davom ettirish niyatida. Agar u «Real» bilan kelishuvga erisha olmasa, faqat boshqa bir Yevropaning top-klubiga o‘tish variantlarini ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, tarqalgan mish-mishlarga qaramay, Vinisius «Chelsi» bilan rasmiy aloqaga chiqmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius Realni tark etsa, faqat Yevropada qolishni istaydi