Fyullkryug Birxoff Milan bilan tanishishga yordam berdi

Fyullkryug Birxoff Milan bilan tanishishga yordam berdi

Germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkryug “Milan”ga moslashish jarayonida unga yaqindan ko‘mak bergan insonlardan biri Oliver Birxoff bo‘lganini aytdi. Birxoff — klubning sobiq futbolchisi va 1998/1999 yilgi Skudettoni qo‘lga kiritgan jamoaning muhim qahramonlaridan biri. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fyullkryugning so‘zlariga ko‘ra, Birxoff uni uchrashuvlarga taklif qilgan, klub, shahar va “Milan”ning maqomi haqida batafsil tushuntirib bergan. “Qolgani endi menga bog‘liq: hujumchi gol urishi kerak. Pulishich va Leau zo‘r, lekin boshqa hujumchilardan ham gollar bo‘lsa, ortiqcha bo‘lmaydi”, — deya uning fikrlarini pianetamilan.it keltiradi.

Italiya chempionatining navbatdagi turida “Milan” “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar