Xabi Alonso Mbappeni asosiy tarkibga qo'yish-qo'ymasligini hal qiladi

Madridning «Real» jamoasi Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi bahsga hozirlik ko'rmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa hujumchisi Kilian Mbappe jarohatdan forig' bo'lib, «Atletiko»ga qarshi yarim finalni o'tkazib yuborganidan keyin Saudiy Arabistoniga yetib keldi. Marca xabariga ko'ra, bosh murabbiy Xabi Alonso yaqin soatlar ichida yulduzli forvardni bo'lajak «el klasiko»da boshlang'ich tarkibda maydonga tushirish-tushirmaslik bo'yicha qaror qabul qiladi.
«Real» — «Barselona» uchrashuvi yakshanba kuni, 11-yanvar kuni bo'lib o'tadi. O'yin 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Mbappe «qirollik klubi»ning avvalgi ikki o'yinini ham jarohati sabab o'tkazib yuborgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing