Nunu Mendesh PSJ Fransiyada eng kuchli ekanini aytdi

PSJ himoyachisi Nunu Mendesh Fransiya Superkubogida “Marsel” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoa yana bir bor mamlakatdagi ustunligini isbotlaganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa parijliklar aniqroq harakat qildi — 4:1.
“PSJ uchun yana bir sovrin. Biz Fransiyada eng yaxshilar ekanimizni ko‘rsatdik va bugun g‘alabaga munosib bo‘ldik. Shu sabab hozir juda xursandmiz”, — deya Mendeshning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Parijliklarning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov jarohati sabab bu o‘yinda maydonga tushmadi.
Avvalroq PSJ 2025 yilda klublar darajasidagi deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgani, biroq Luis Enrike jamoasi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqa olmagani xabar qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!