date

Nainggolan Romadagi eng yaxshi jamoadoshlarini aytdi

Nainggolan Romadagi eng yaxshi jamoadoshlarini aytdi

Belgiyalik yarim himoyachi Radja Nainggolan A Seriyadagi faoliyatini doimo iliq xotirlaydi. Ayniqsa, u “Roma” safida o‘ynagan davr uning uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lib, Radja aynan o‘sha jamoada birga to‘p tepgan futbolchilarni eng maqbul sheriklar sifatida tilga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Men faqat o‘zim birga o‘ynagan futbolchilar orasidan tanlayman. De Rossi va Pyanichni tanlayman. Pyanich hujumkor yarim himoyachi rolida betakror edi. “Yuventus”da uni nega himoyachilar oldida qo‘yishganini tushunmayman. Bu uning kuchli tomonlaridan juda g‘alati foydalanish”, — deya Nainggolan so‘zlarini fcinter1908.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Nainggolan “Roma”da 2014 yildan 2018 yilgacha to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nainggolan Romadagi eng yaxshi jamoadoshlarini aytdi