Ambrrozino dushanba kuni Venetsiya futbolchisiga aylanadi

Juzeppe Ambrrozino "Napoli"dan nisbatan kamroq nufuzli "Venetsiya"ga o‘tishga juda yaqin. Tomonlar kelishuvni amalda yakunlab bo‘lgan, biroq bitim rasman dushanba kuni, "Napoli" milanlik "Inter"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib bo‘lgach e’lon qilinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, Antonio Konte tarkibdagi yo‘qotishlar ko‘pligi sabab Ambrrozinoni "neradzurrilar"ga qarshi bahsda foydali bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Ayni paytda "Napoli" A Seriya jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda, "Inter" esa peshqadam.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…