date

Kovach Ayntraxtning hujumi juda xavfli ekanini ta'kidladi

Kovach Ayntraxtning hujumi juda xavfli ekanini ta'kidladi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovach Frankfurtning «Ayntraxt»iga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida fikr bildirdi. Bundesliganing 16-tur uchrashuvi 9-yanvar kuni soat 00:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kovach raqibning ko'p gol o'tkazib yuborgani bilan birga, hujumda ham samarali o'ynayotganini eslatdi. Uning aytishicha, bu «Ayntraxt»ning old chizig'i jiddiy kuch ekanini ko'rsatadi, ustiga-ustak klub yaqinda yana uch nafar hujumchini safiga qo'shib olgan.

Murabbiy «Borussiya» himoyada hozirgacha ko'rsatgan tartib-intizomni saqlab qolishi zarurligini qayd etdi. Shu bilan birga, jamoa yaratadigan imkoniyatlardan unumli foydalanish ustida ishlayotganini va bu yo'nalishda hali o'sish uchun zaxira borligini aytdi.

Kovachning fikricha, o'yin taqdiri mayda detallar bilan hal bo'ladi va uchrashuv 90 daqiqa davomida keskin kechishi kutilmoqda. U yakunda natija «Borussiya» foydasiga bo'lishidan umid bildirdi.

Hozirda «Ayntraxt» 25 ochko bilan 7-o'rinda, Dortmundning «Borussiya»si esa 32 ochko jamg'arib, 2-pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kovach Ayntraxtning hujumi juda xavfli ekanini ta'kidladi