«Bunyodkor» Jidda shahriga yetib bordi


Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi delegatsiyasi Saudiya Arabistonining Jidda shahriga yetib keldi.
Xabaringiz bor, "qaldirg‘ochlar" 21 fevra kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida Jiddaning "Al-Ahli" klubiga qarshi maydonga chiqadi.
"Bunyodkor" FK delegatsiyasi 18 fevral kuni tunda Jidda shahriga yetib keldi va "Casablanka Grand" mehmonxonasiga joylashdi.
Bugun (19 fevral) Sergey Lushchan o‘z shogirdlari bilan Jiddadagi birinchi mashg‘ulotini olib boradi.
Manba: www.bunyodkor.com































Izohlar 0
…