date

Al-Nasr sobiq futbolchisi Ronaldu faoliyatini tanqid qildi

Al-Nasr sobiq futbolchisi Ronaldu faoliyatini tanqid qildi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surgan sobiq futbolchi Husayn Al-Suleymani 40 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Al-Suleymani ijtimoiy tarmoqlardagi faollikdan ko‘ra, futbolchining maydondagi mehnatini ko‘rishni istashini ta’kidladi. Uning aytishicha, Ronaldu jamoa sardori va yetakchi sifatida ko‘proq ishlashi, o‘yinda farq yaratishi kerak. “O‘tmishda nima bo‘lgani muhim emas, bu tarix. Muhimi — hozir jamoaga qanday foyda keltirayotgani”, — deya Kooora Al-Suleymanining so‘zlarini keltiradi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Al-Nasr” safiga 2023 yil yanvarida kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u 13 uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr sobiq futbolchisi Ronaldu faoliyatini tanqid qildi