Roma Robinyo Vaz transferi bo‘yicha Marsel bilan muzokara olib bormoqda

«Roma» va «Marsel» o‘rtasida hujumchi Robinyo Vazning transferi yuzasidan muzokaralar faol bosqichga kirdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio o‘z manbasiga tayanib xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgan 18 yoshli fransuz futbolchiga Germaniya va Angliyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Shu sabab «Roma» jarayonni tezlashtirib, «Marsel»ning futbolchi bo‘yicha talablariga yaqinlashishga harakat qilmoqda.
Joriy mavsumda Vaz 19 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali Fransiyaning yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarida o‘ynagan futbolchining bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing