date

Maynts mavsumdagi ikkinchi g'alabaga juda yaqin keldi

Maynts mavsumdagi ikkinchi g'alabaga juda yaqin keldi

Germaniya Bundesligasining 16-turida Berlinning "Union" jamoasi o'z maydonida "Maynts"ni qabul qildi. Mavsumning birinchi qismida atigi bir marta g'alaba qozongan mehmonlar 30-daqiqada Nadim Amiri jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarba bilan hisobni ochdi — 0:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Oliver Byork ketma-ket ikki bor xavfli hujum uyushtirdi, biroq darvozabon jamoasini qutqarib qoldi. 69-daqiqada esa Benedikt Xollerbax "Maynts" ustunligini ikki to'pgacha oshirdi — 0:2. Oradan ko'p o'tmay u qarshi hujumda o'yinga nuqta qo'yishi ham mumkin edi, ammo to'p ustunga tegdi.

77-daqiqada Chon U-Yon Derik Kyon uzatmasini bosh bilan yakunlab, farqni qisqartirdi — 1:2. Oradan uch daqiqa o'tib Andrash Shefer ham ustunni nishonga oldi. Yakunda "Union" bosimi samara berdi: Danilo Duxi Kyonning pasidan so'ng hisobni tenglashtirdi va uchrashuv 2:2 bilan yakunlandi.

Durangdan keyin "Maynts" turnir jadvalida so'nggi o'rinda qoldi, "Union" esa 9-pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maynts mavsumdagi ikkinchi g'alabaga juda yaqin keldi