Fletcher Sheshkoning o'yinidan katta taassurot oldi

“Manchester Yunayted” vaqtinchalik bosh murabbiyi Darren Fletcher hujumchi Benyamin Sheshko haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shotlandiyalik mutaxassis qo'l ostidagi ilk uchrashuvda 22 yoshli forvard uzoq davom etgan gol urmaslik seriyasiga chek qo'ydi va dubl qayd etdi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
“Sheshko juda ko'p mehnat qildi. U ishiga jiddiy yondashadi, mashg'ulotlarda a'lo darajada ishlaydi va o'yinini sinchiklab tahlil qiladi. Uning uchun gol urish juda muhim edi. Men uchun esa bu murabbiylikka kelgan paytimga to'g'ri kelgani omad bo'ldi. Uning nomidan xursandman”, — dedi Fletcher matbuot anjumanida.
Benyamin Sheshko mavsum boshida “RB Leyptsig”dan “Manchester Yunayted”ga 75 million yevro evaziga ko'chib o'tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!