Karnezekki Palladino tayyorgarlik borasida haqiqiy fenomen dedi

A Seriyasining 20-turi doirasida “Atalanta” “Torino”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bergamoliklar darvozasi daxlsiz qolishida esa darvozabon Davide Karnezekkining hissasi juda katta bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so‘ng Karnezekki jurnalistlar bilan suhbatda jamoaning hozirgi holati va muhim seyvlar ortidagi jihatlar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Atalanta” yana muxlislar o‘rgangan darajaga qaytmoqda.
“Nihoyat, ‘Atalanta’ yana o‘ziga xos qiyofasini qaytardi. Jamoaga yordam bera olsam, bundan baxtli bo‘laman. Endi bu darajani Yevropada ham isbotlashimiz kerak. Palladino o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishda chinakam fenomen, u bilan o‘zimizni ishonchli his qilamiz”, — deya Karnezekki so‘zlarini calcioatalanta.it keltirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Atalanta” A Seriyasi turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!