Mostovoy Superkubok finalida Barselonani biroz ustun ko‘rdi

Moskvaning «Spartak» klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy Ispaniya Superkubogi finali arafasida «Real» va «Barselona» to‘qnashuvi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mostovoyning ta’kidlashicha, ko‘pchilik «Barselona»ni favorit deb hisoblayapti, biroq u «Real» omilini alohida urg‘uladi. Ekspert ehtimollar nisbatini 55 ga 45 tarzida kataloniyaliklar foydasiga baholadi.
«Barselona» — «Real» uchrashuvi bugun, 11-yanvar kuni Saudiya Arabistonidagi stadionda bo‘lib o‘tadi. O‘yin 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
Superkubok yarim finalida Hans Diter Flik boshqaruvidagi «Barselona» «Atletik» Bilbaoni ishonchli tarzda mag‘lub etgan bo‘lsa, «qaymoqranglilar» Madrid derbisida «Atletiko»dan ustun kelgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!