date

Romano Manchester Yunaytedning yangi murabbiyi bo‘yicha ma’lumot berdi

Romano Manchester Yunaytedning yangi murabbiyi bo‘yicha ma’lumot berdi

Mashhur insayder Fabritsio Romano «Manchester Yunayted» rahbariyati Maykl Kerrik bilan muzokara olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Romanoning aytishicha, so‘nggi 12 soat ichida tomonlar kelishuv borasida sezilarli oldinga siljigan. 44 yoshli angliyalik mutaxassis hozircha «qizil iblislar» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda, uchrashuv esa «juda ijobiy» ruhda o‘tgani ta’kidlandi.

Bungacha ingliz OAV ham Kerrikning tayinlanishi yaqinlashayotgani haqida xabar tarqatgandi. Avvalroq bu lavozim uchun asosiy favorit sifatida Ule Gunnar Sulsher tilga olingan edi.

17-yanvar kuni «MYU» o‘z maydonida «Manchester Siti»ga qarshi shahar derbisini o‘tkazadi. Jamoani ushbu bahsga yangi bosh murabbiy boshlab chiqishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Romano Manchester Yunaytedning yangi murabbiyi bo‘yicha ma’lumot berdi