Ekspert Real endi galaktikos darajasida emas dedi

Ekspert Real endi galaktikos darajasida emas dedi

“Ufa”ning sobiq futbolchisi, hozirda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Aleksey Nikitin Ispaniya Superkubogi-2026 finalida “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nikitinning aytishicha, madridliklar uchrashuv boshida kataloniyaliklarni kutilmaganda qiyin ahvolga solib qo‘ygan: dastlabki 30 daqiqada “Barselona” bunday ssenariyga tayyor emas edi. Biroq yakunda to‘p nazorati “Barselona” tomonida qolganini ta’kidlagan ekspert “Real” asta-sekin “galaktikos” qiyofasidan uzoqlashayotgani, tarkibdagi yulduz nomlar bo‘yicha raqibidan ortda qolganini “Match TV” efirida aytdi.

Final uchrashuvi Saudiya Arabistonida o‘tkazildi. “El klasiko”da “Barselona” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar