Grigoryan Inter va Napoli durangini ideal natija dedi

Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Grigoryan A Seriyaning 20-turidagi markaziy bahsda «Inter» va «Napoli» o‘rtasida qayd etilgan durang natijaga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Murabbiy «Match TV» efirida bu hisobni «ideal natija» deb atab, aynan shunday yakun chempionlik poygasiga uzoq vaqtdan beri yetishmayotgan intriga qaytarganini ta’kidladi. Uning fikricha, skudetto uchun endi bir nechta jamoa real da’vogar bo‘lib turibdi.
Milandagi uchrashuv tomoshabop kechib, 2:2 hisobidagi natijali durang bilan yakunlandi.
Hozirgi holatga ko‘ra, «neradzurri» 43 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadam. Neapolliklar esa 39 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing