date

Spalletti Kremonezega qarshi juda kuchli o'yin kutmoqda

Spalletti Kremonezega qarshi juda kuchli o'yin kutmoqda

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Kremoneze"ga qarshi A Seriyaning 20-tur bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 12-yanvar kuni soat 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Spallettining ta'kidlashicha, turinliklar bu o'yinda maksimal darajada sifatli futbol ko'rsatishi shart. Mutaxassis raqib ustozi Davide Nikolani yuqori baholab, uning jamoalari o'yinini ko'rganda A Seriyani va o'z ishini juda yaxshi biladigan murabbiy bilan to'qnash kelayotgandek tuyulishini aytdi.

"Yuventus" bosh murabbiyi Nikola odatiy qoliplardan chiqishga intilishini, deyarli har bir ishlagan klubida ijobiy natijalar qayd etganini ham eslatdi. Spallettiga ko'ra, bu omil "Kremoneze"ni "keksa sinyora" uchun yanada xavfli raqibga aylantiradi.

Hozirda "Yuventus" turnir jadvalida 36 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda, "Kremoneze" esa 22 ochko bilan 13-pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti Kremonezega qarshi juda kuchli o'yin kutmoqda